Линклар

Bryussel aeroporti va metrosida portlashlar, qurbonlar soni ortmoqda


22 mart kuni Bryusselning “Zaventem” xalqaro aeroporti va shahar markazidagi "Maelbek" metro bekatida sodir bo‘lgan portlashlar oqibatida 30dan ortiq odam nobud bo‘lgan, yuzdan ortiq kishi tan jarohati olgan. Portlashlar ortidan Bryussel metrosi yopildi. Belgiyada terrorchilik xavfi darajasi eng yuqori darajaga ko‘tarildi. Frantsiya va Belgiya chegarasi vaqtincha yopildi. Bryusseldagi barcha maktablarda o‘qish to‘xtatildi.

Hozir “Zaventem” aeroportida barcha parvozlar bekor qilingan, odamlar aeroportdan ham, unga yaqin bo‘lgan “Sheraton” mehmonxonasidan ham evakuatsiya qilingan.

Odamlar aeroportdan ham, unga yaqin bo‘lgan “Sheraton” mehmonxonasidan ham evakuatsiya qilingan.

Odamlar aeroportdan ham, unga yaqin bo‘lgan “Sheraton” mehmonxonasidan ham evakuatsiya qilingan.

Aeroportdan so‘nggi parvoz ertalabki soat 7:55 da Madrid yo‘nalishi bo‘ylab amalga oshirilgan. “Zaventem”ga yo‘nalgan barcha uchoqlar hozirda hududdagi boshqa aerodromlarga yo‘llangan.

Guvohlarga ko‘ra, aeroportda ikkita kuchli portlash sodir bo‘lgan.

Portlashlarning biri uchish yo‘lida, ikkinchisi esa kassalar yaqinidagi yo‘lovchilar zali ichida ro‘y bergan.

Portlashlarning biri uchish yo‘lida, ikkinchisi esa kassalar yaqinidagi yo‘lovchilar zali ichida ro‘y bergan.

Portlashlarning biri uchish yo‘lida, ikkinchisi esa kassalar yaqinidagi yo‘lovchilar zali ichida ro‘y bergan.

​Belgiya matbuoti portlashni hudkush kimsa sodir etgani haqda xabar qilmoqda.

Belgiya prokurori Freder Van Leu Bryusseldagi portlashlar terrorchilik amali bo‘lganini rasman tasdiqladi.

i24NEWS agentligining muxbiri Anna Aaronhaym o‘z Twitter sahifasida voqea joyidan olingan videoni e’lon qildi.

Ayni kuni Bryussel markazidagi Yevropa Ittifoqi idoralariga yaqin Maalbek metrosida ham portlash ro‘y berdi.

Qutqaruvchilar "Maelbek" metrosi yonida yaralanganlarga yordam ko‘rsatmoqda.

Qutqaruvchilar "Maelbek" metrosi yonida yaralanganlarga yordam ko‘rsatmoqda.

Yevropa Komissiyasi qarorgohidan yuz metr naridagi "Maelbek" metrosidagi portlash sabablari ma’lum emas.

Frans Press agentligi Bryussel aeroporti va metrosidagi portlashlarda kamida 21 odam halok bo‘lgani haqida xabar bermoqda.

Agentlik xabariga ko‘ra, 11 odam aeroportda, 10 odam "Maelbek" metrosidagi portlash oqibatida halok bo‘lgan.

"Maelbek" metro bekati Evrokomissiya idorasidan yuz metr narida joylashgan.

"Maelbek" metro bekati Evrokomissiya idorasidan yuz metr narida joylashgan.

Portlashlar ortidan Bryussel metrosi yopildi.Avtobus va tramvay qatnovlari ham to‘xtatildi. Belgiyada terrorchilik xavfi darajasi eng yuqori - to‘rtinchi darajaga ko‘tarildi.

Fransiya va Belgiya chegarasida nazorat kuchaytirildi. Bryusseldagi barcha maktablarda o‘qishlar to‘xtagan.

Yevropa Komissiyasi o‘z xodimlariga ish joyi yoki uyidan chiqmaslikni tayinlagan.

O‘tgan yil kuzida Parijda amalga oshirilgan terror xurujidan keyin Belgiyada terror tahdidining uchinchi darajasi e’lon qilingan edi.

O‘tgan juma belgiyalik va frantsiyalik politsiyachilar Parijdagi teraktlar tergovi doirasida Bryusselda o‘tkazilgan aksilterror reydi chog‘ida Fransiya poytaxtidagi tadhish hujumlarni uyushtirganlik va amalga oshirganlikda gumonlanganlardan biri – Saloh Abdulsalomni qo‘lga olgandilar.

XS
SM
MD
LG