Линклар

logo-print

Ozodlikning navbatdagi Bahs maydonida “O‘zbekistonda o‘tkaziladigan umumxalq xayriya hasharlariga oddiy ishchi-xizmatchilar va talabalar o‘z ixtiyori bilan jalb qilinayaptimi yoki majburlanayapti?” mavzusida munozara yuritiladi.

Navro‘z bayrami oldidan O‘zbekiston bo‘ylab navbatdagi xalq hashari o‘tkazildi va shu kunlarda ham bu tadbir davom etmoqda. Shanbalikka borganidan og‘ringan qo‘shiqchi Manzura haqida eltuz.com rassomi hajv ham qildi.

Aslida shanbaliklarni ham hashar deyishadi. Sovet davrida bayramlar oldidan, ayniqsa, Lenin tug‘ilgan kun va 1 may arafasida shanbaliklar o‘tkazilgan.

Shanbalik - jamoa bo‘lib ommaviy va ixtiyoriy ravishda biror ijtimoiy foydali ishni bajarish.

Sovet davrida bo‘lgani kabi mustaqil O‘zbekistonda ham shanbaliklar ixtiëriy emas.

Masalan, o‘tgan hafta toshkentlik mulozima odamlarni chor-atrofni tozalatishga olib chiqmagani uchun shahar rasmiylari bosimiga uchradi.

Ba’zilar hasharni sovetlardan qolgan majburiy mehnatning sarqiti bo‘lgan salbiy holat deyishadi.

Yana ba’zilar esa "hashar - elga yarashar" deya bu tadbirga ijobiy rang berishadi.

BahsOnline dasturida "Hashar ezgu odatmi ëki illat?" degan savol javobini qidirdik.

Mahalliy matbuot bu hasharlarning “azaliy qadriyat va ezgu an’analarga amal qilingan holda” o‘tkazilgani haqida yozdi.

Biroq bu tadbirlarda ishtirok etgan o‘qituvchi, shifokor va talabalarning aytishlaricha, mahalliy hukumat “hashar” bahona ulardan tekin ishchi kuchi sifatida foydalanishga o‘rganib qoldi.

Hashar iborasi so‘nggi paytlarda mahalliy hokimiyatlarning o‘zlari qurishi shart bo‘lgan katta ob’ektlariga ham ko‘chib o‘ta boshladi.

O‘zbekistonda muddatida qurilishi tugallanmay qolgan stadion bormi, bozorlar bormi, kollejlar bormi, namunaviy uylar bormi - hammasiga “hasharchi”lar jalb qilina boshladi.

Kuzatuvchilarning aytishlaricha, mahalliy hokimiyatlar o‘zbeklarning “bir-biriga xolisona yordam berish” printsiplariga asoslangan “hashar”ni suiiste’mol qilib yubordi va uni mardikorlikka tenglashtirib qo‘ydi.

Biroq o‘zbekistonliklar orasida hukumat o‘tkazayotgan “hashar”larni qo‘llab-quvvatlaydigan, bu tadbirlar muammolarni birgalikda hal etish uchun juda qulay variant ekanligiga ishonadiganlar ham ko‘plab topiladi.

Xo‘sh, umumxalq xayriya hasharlariga odamlar o‘z ixtiyorlari bilan jalb qilinishi kerakmi yoki “ko‘pga kelgan to‘y” sifatida hamma qatnashishga majburmi?

Nega mahalliy hokimiyatlar o‘z zimmasida bo‘lgan ishlarni ham hasharchilarga yuklab qo‘ymoqda?

“Ko‘pdan quyon qochib qutulmas” iborasini bugun hukumat o‘tkazayotgan hasharlarga tashbeh qilsa bo‘ladimi?

Shu yoki shunga o‘xshash savollar sizni ham o‘ylantirayotgan va bu borada jamoatchilikka aytishni istagan fikr-mulohazalaringiz bo‘lsa, marhamat qilib, bahsimizga qo‘shiling!

BahsOnline jonli muloqotining navbatdagi soni chorshanba, 23 mart, Toshkent vaqti bilan soat 19:05 da!

Marhamat, siz ham bog‘laning:

IMO +420 724 971 539
WhatsApp+ 420 724 971 539, + 420 602 612 713
VIBER + 420 602 612 713
SKYPE ozodskype, ozodlikonline, ozodovoz

XS
SM
MD
LG