Линклар

Rossiyaning Penza viloyatida yuz bergan avtohalokat natijasida O‘zbekistonning 11 fuqarosi jarohatlandi.

Penza O‘t o‘chirish va qutqarish markazining 22 mart kuni xabar berishicha, Penza-Tambov yo‘lida ketayotgan mikroavtobusda o‘zbekistonlik 18 nafar mehnat muhojiri bo‘lgan. Zagoskino qishlog‘ida mikroavtobus DAF yuk mashinasi bilan to‘qnashib ketgan. Buning oqibatida jarohatlangan 11 o‘zbekistonlikdan 10 nafari kaksalxonaga yotqizilgan.

So‘nggi xabarlarga qaraganda, jarohatlanganlarning ahvoli yaxshilangan va ularning hayotiga xavf mavjud emas..

XS
SM
MD
LG