Линклар

Rossiyaga Suriyadan meva va sabzavot eksport qilina boshlandi. “Kommersant’” gazetasining xabar berishicha, Suriya mahsulotlari importini “Adig-Yurak” shirkati amalga oshirmoqda.

Shirakt direktori Aslan Panesh o‘tgan haftada Novorosiysk portiga Suriyadan uch ming tonna tsitrus, karam va pomidorlar olib kelinganini aytdi.

Rossiyada 2016 yil yanvaridan boshlab Turkiyadan meva va sabzovot sotib olishga taqiq joriy etilgan edi. Bunga 2015 yil noyabrida Turkiya-Suriya chegarasida turk harbiylari tomonidan chegarani buzgan rus harbiy uchog‘i urib tushirilgani sabab bo‘lgan.

Rus rasmiylariga ko‘ra, Turkiya mahsulotlari o‘rnini Suriyadan olib kelinayotgan meva-sabzavotlar to‘ldirishi mumkin.

XS
SM
MD
LG