Линклар

Шошилинч хабар
25 апрел 2024, Тошкент вақти: 06:49

Moskvada O‘zbekiston-Qirg‘iziston chegarasidagi vaziyat muhokama qilinmoqda


Moskvada 22-23 mart kunlari o‘tayotgan Kollektiv xavfsizlik shartnomasi tashkiloti doimiy kengashining navbatdan tashqari yig‘ilishida O‘zbekiston-Qirg‘iziston chegarasidagi vaziyat muhokama qilinmoqda.

Tashkilot rasmiysi Vladimir Nikishin doimiy kengash yig‘ilishi Qirg‘iziston talabi bilan o‘tkazilayotgani, yig‘ilish yakunlanganidan so‘ng uning qarori va xulosasi jamoatchilikka oshkor etilishi haqida bildirdi.

Qirg‘iziston tashqi ishlar vazirligi esa KXShT doimiy kengashi a’zolari O‘zbekiston-Qirg‘iziston chegarasida yuzaga kelgan vaziyatdan tashvish bildirganini ma’lum qildi. 23 mart kuni ham bu masalani muhokama qilish davom etadi.

18 mart kuni O‘zbekiston tomoni Qirg‘iziston bilan bahsli bo‘lib turgan Chalasart hududiga 2 BTR. 2 KamAz va 40dan ortiq askar kiritgan edi. Bu Qirg‘iziston hukumati va xalqining keskin noroziligiga sabab bo‘lgan.

XS
SM
MD
LG