Линклар

logo-print

Ukrainalik jurnalist Georgiy Gongadzening jasadi o‘limidan 16 yil o‘tganidan so‘ng 22 mart kuni kuni dafn etildi.

Uning oilasi jurnalistning o‘limi munosabati bilan adolatli tergov haligacha o‘tkazilmagani va haqiqat qaror topishi uchun kurash davom etishini bildirmoqda.

Ukraina hukumat doiralaridagi siyosiy korruptsiya borasidagi maqolalari bilan tanilgan Gongadze 2000 yilning sentyabrida Kievda o‘g‘irlab ketilgan va o‘sha yilning noyabr oyida uning boshi tanasidan judo qilingan jasadi poytaxt tashqarisida topilgan edi.

Gongadzening qarindoshlari o‘z yaqinlarining jasadi nihoyat dafn etilganidan mamnun ekanliklarnii aytgan holda, “uni o‘ldirgan odam albatta, ertami –kechmi topilib, jazoga tortilishi lozim”, deb bayonot berdilar.

XS
SM
MD
LG