Линклар

logo-print

O‘zbekistonda Eng Kichkina Kattalarning ham eshigi fuqarolar uchun har doim ochiq. Bunday deyishga hujjatimiz bor. Hujjat Telegramdan keldi. Hujjatki, Surxondaryo viloyati Sho‘rchi tuman Markaziy madaniyat va aholi dam olish markazi idorasi eshigi tepasidagi peshlavh.

Mana o‘sha peshlavhning surati:

Peshlavhning yonidagi boshqa bir lavhda tuman Madaniyat va sport ishlari bo‘limi boshlig‘i va Markaz rahbari tomonidan fuqarolarni qabul qilish jadvali keltirilgan.

Mana o‘sha lavhning ust qismi:

Lavhning ust qismini o‘qib, Butun Boshli Bir Tumanning yo Madaniyat Uyi yoki Dam Olish Bog‘i bo‘lgan (nima ekanligini aniqlashga vaqt sarflashga qizg‘andik) “Markaziy madaniyat va aholi dam olish markazi” rahbariyati o‘zlarining qimmatli vaqtlaridan qanchasini fuqarolarni qabul qilishga sarflashiga qiziqib, lavhning ost qismiga qaradik:

Voajabo! Sho‘rchi tumani madaniyatining ikkala rahbari ham dushanbadan jumagacha, ertalab 8 dan kech soat 5 gacha fuqarolarni qabul qilar ekan!

Buni bilib o‘ylab qoldik: sho‘rchiliklarning madaniy dam olishi shu ikki rahbar bilan muloqotdan iboratmi?

Yoki ular (Madaniyat rahbarlari) sho‘rchiliklarning quvonchu qayg‘usiga sherik bo‘ladigan Sirdosh Do‘st, yo‘qolgan molini topib beradigan Folbin, dardu hasratlarini eshitadigan Psixoterapevtmi?

Agar rahbarlar chindan ham haftada 5 kun 8 soatdan fuqarolar bilan muloqot qilsa, Madaniyat bo‘limi va Markazning ishlarini kim bajaradi?

Ular xizmat vazifalarini bajaraman, deb xonasidan chiqib ketsa, fuqarolarni kim qabul qiladi?

O‘zi oddiy fuqaroning Madaniyat Uyi yoki Dam Olish Bog‘i direktorida qanday ishi bo‘lishi mumkin?!

Balki fuqarolarni qabul qilish jadvali fuqaroko‘rcingamas, xo‘jako‘rsingadir?

G‘alati-e!

Tushunmay qolaman bu Kattalarning tutumlarini.

Kichkina Kattalarnikiniyam.

XS
SM
MD
LG