Линклар

Rossiyaning Peterburg shahrida so‘nggi bir oy ichida ekstremistlikda gumonlangan uch nafar o‘zbekistonlik qo‘lga olindi.

Rossiya matbuotining bildirishicha, 24 mart kuni 27 yoshli, 21 mart kuni 40 yoshli, 19 mart kuni 33 yoshli O‘zbekiston fuqarolari qo‘lga olingan. Ularning barchasi O‘zbekistonda ekstremistlikda va davlatga qarshi jinoyatlarda gumonlanib, xalqaro qidiruvda bo‘lgan.

Ismi oshkor etilmayotgan mahbuslar O‘zbekistondan kelishi kutilayotgan maxsus xizmat xodimlari qo‘liga topshirilishi mumkinligi aytilmoqda.

Rossiyalik huquq himoyachilari esa qo‘lga olinganlarga bildirilayotgan ayblovlar "siyosiy" ekani va ular asosida yiliga o‘nlab muhojir Rossiyadan O‘zbekistonga berib yuborilayotganidan tashvish bildirmoqda.

XS
SM
MD
LG