Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 15:23

"Al Jazira" moliyaviy bo‘hron ortidan xodimlar sonini qisqartirmoqda


Qatardagi “Al Jazira” telekanali moliyaviy muammolar tufayli 500 xodim ishdan bo‘shatilganini bildirdi. Ishdan bo‘shatilganlarning asosiy qismi “Al Jaziraning” Qatar poytaxti Doxadagi bo‘limida ishlagan.

Qatar amiri oilasiga mansub bo‘lgan mazkur telekanal Doxa, London va Nyu Yorkda o‘z bo‘limlariga ega.

“Al Jazira” telekanalida jami 4 ming odam mehnat qiladi. Telekanal rahbariyatining bildirishicha, moliyaviy muammolar jahonda neft narxi tushib ketgani ortidan paydo bo‘lgan.

XS
SM
MD
LG