Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 06:11

Saudiya Eronni munosabatlarni yaxshilashga chaqirdi


Saudiya Arabistoni tashqi ishlar vaziri Odil al Jubayr Eronni mintaqadagi raqobatchilari bilan munosabatlarni mo‘’tadillashtirish siyosatini qo‘llashga chaqirdi.

Jubayr Saudiya Arabistoni poytaxti Ar Riyodda 27 mart kuni qilgan chiqishida o‘z mamlakati Eron bilan “tinch va barqaror munosabatlar” o‘rnatishni istayotganini aytdi.

Unga ko‘ra, Saudiya o‘ttiz yildan ortiq vaqt mobaynida Eron bilan munosabatlarni yaxshilashga harakat qilgan, biroq bu harakatdan natija chiqmagan.

Ar Riyod yanvar oyida Erondagi Saudiya Arabistoni elchixonasiga olamon tomonidan o‘t qo‘yilganidan so‘ng Tehron bilan diplomatik aloqalarni uzgan edi.

Saudiya Eronni Yamandagi shia isyonchi guruhlarini qo‘llab –quvvatlashda ayblab keladi. Saudiya Suriyadagi isyonchi guruhlarni, Eron esa Suriya prezidenti Bashar Assadni quvvatlab keladi.

26 mart kuni Eron prezidenti Hasan RuhoniyAr Riyod musulmon olamida muhim rol o‘ynashini ta’kidlab, “ikki davlat o‘rtasidagi har qanday muammo muzokaralar yo‘li bilan hal etilishi lozimligi”ni aytgan edi.

XS
SM
MD
LG