Линклар

logo-print

Qirg‘iziston muxolifati “hokimiyatni kuch bilan bosib olishga harakat qilganlik”da ayblanib qamoqqa olingan muxolifat liderlarini ozod qilish talabi bilan norozilik tadbirlari o‘tkazishni rejalashtirmayapti. Bu haqda Ozodlik radiosi qirg‘iz xizmati muxolifat vakillariga tayangan holda xabar tarqatdi.

22 mart va 27 mart kunlari Internetda “muxolifat hokimiyatni kuch bilan bosib olmoqchi”, degan sarlavha ostida muxolifat liderlarining o‘zaro telefon suhbati paytida yozib olingan audio tarqatilgan edi. Qirg‘iziston milliy xavfsizlik xizmati mana shu audioyozuv ortidan jinoyat ishi ochgan va muxolifat liderlari Bektur Asanov, Kubanichbek Kadirov, va Ernest Karibekov hibsga olingan. O‘tgan hafta oxirida Bishkek shahar Birinchi may tuman sudi qarori bilan ularga 2 oy qamoqda saqlash ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.

Muxolifatning yana bir vakili Duulatbek Turdunalievga esa qidiruv e’lon qilindi.

XS
SM
MD
LG