Линклар

logo-print

Rossiya harbiylarining bir qismi olib chiqib ketilganiga qaramay, Kreml bundan buyon ham Suriyaga terrorchilikka qarshi kurashda yordam ko‘rsataveradi. Bu haqda 27 mart kuni prezident Vladimir Putin Suriya rahbari Bashar Assad bilan telefon suhbati chog‘ida ma’lum qildi.

Putin Assadni hukumat kuchlari tarixiy Palmira shahrini “Islomiy davlat” guruhidan ozod qilgani bilan tabrikladi. Palmiraning ozod qilingani to‘g‘risida 27 mart kuni Suriya davlat telekanali xabar bergan.

Palmiraning ozod qilinishi xalqaro hamjamiyat tomonidan ham quvonch bilan qabul qilindi. Jumladan, BMT Bosh kotibi Ban Ki Mun Palmira va uning tarixiy obidalari ozod etilgani to‘g‘risidagi xabardan mamnun ekanini bildirdi.

ID jangarilari Palmirani o‘tgan yilning may oyida egallagan va shundan so‘ng shahardagi bir qator tarixiy obidalarni vayron qilgan edi.

Bu obidalar YuNESKO tomonidan ro‘yxatga olingan hamda ularning vayron qilinishi tashkilot tomonidan butun insoniyat uchun dahshatli fojea o‘laroq baholangan edi.

XS
SM
MD
LG