Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 20:35

Pokistondagi xudkush hujumda 72 kishi halok bo‘ldi


Pokistonning Laxor shahrida yakshanba kuni xudkush o‘zini portlatgani oqibatida kamida 72 odam halok bo‘ldi, uch yuzga yaqin odam yaralandi.

Halok bo‘lgan va yaralanganlarning asosiy qismi ayollar hamda bolalar ekani aytilmoqda. Xudkush bomba o‘rnatilgan avtomashinani nasroniylar Pasxa bayramini o‘tkazayotgan istirohat bog‘ida portlatgan.

Pokiston toliblarining mahalliy guruhi portlash uchun mas’uliyatni o‘z zimmasiga oldi. Toliblarning “Jamoatul Axror” deb ataluvchi mazkur guruhi vakili Ahsanulloh Ahsan Tolibon bundan buyon ham Pokistonda bu kabi portlashlarni uyushtirishda davom etishini bildirdi.

XS
SM
MD
LG