Линклар

logo-print

O‘zbekiston tezyurar poezdlar reytingida 20 davlat ichida 17- o‘rinni egalladi.

GoEuro nashri tuzgan ushbu reyting Global High-Speed Train Ranking deya nomlanadi.

Reyting poezdlarning rekord tezligi, operatsiyaviy tezligi, temiryo‘l yo‘nalishlari va aholining qamrovi bo‘yicha ko‘rsatkichlarni inobatga olib tuzilgan.

GoEuro hisob- kitobicha, O‘zbekistonda poezdlarning tezligi soatiga 255 kilometrni, operatsiyaviy tezlik esa 250 km/soatni tashkil qiladi.

Reyting natijalariga ko‘ra, O‘zbekiston temiryo‘l tizimida tezyurar poezdlarning ulushi 8,21 foizni tashkil qiladi va aholining 9,01 foizi tezyurar poezdlardan foydalanadi.

Qayd qilinishicha, O‘zbekiston aholisi tezyurar poezdning 1 kilometri uchun 0,18 yevro to‘laydi va bu ko‘rsatkich bo‘yicha mamlakat dunyoda 11 o‘rinni egallaydi.

Reytingda Yaponiya, Janubiy Koreya va Xitoy asosiy uchlikni egallagan.

O‘zbekistonda Ispaniyaning Talgo S. A. shirkatiga qarashli “Afrosiyob” tezyurar poezdlari 2011 yildan boshlab Toshkent-Samarqand yo‘nalishida qatnay boshlagan. Elektropoezd Toshkent bilan Samarqand orasidagi yo‘lni 2 soat ichida bosib o‘tadi.

O‘tgan yil avgustidan boshlab “Afrosiyob” pozedlari Qarshiga ham qatnay boshladi.

Bunday tezyurar poezd Buxoro va Xivani ham Toshkent bilan bog‘lashi rejalangan.

Elektropoezdlar qatnovini yo‘lga qo‘yish uchun Samarqand viloyati Juma shaharchasidagi o‘nga yaqin uy buzilgan.

Temir yo‘l qurilishi bois ayni viloyatning Nurbuloq shaharchasidagi shifobaxsh issiq suv chiqadigan bir necha salomatlik markazlari ham yopib qo‘yilgani ham aytildi.

XS
SM
MD
LG