Линклар

logo-print

Bugun Belgiya federal prokuraturasi Bryusseldagi portlashlardan so‘ng ushlangan to‘rt kishidan uch nafariga nisbatan terrorchilik faoliyatiga aloqadorlik ayblovini e’lon qildi. Ushlangan to‘rttinchi kishi esa kecha qo‘yib yuborilgan.

Belgiya xavfsizlik kuchlari mamlakat poytaxtidagi portlashlardan keyin Bryussel, Dyuffele va Mexelen shaharlarida terrorchilikka qarshi 13ta reyd o‘tkazib, A. Yassin, B. Muhammad va O. Abubakir va yana bir kishini hibsga olgan edi.

Prokuratura bayonotida ushbu uch kishiga qo‘yilgan ayblov Bryusseldagi portlashlarga aloqadormi yoki yo‘qligi ochiqlanmagan.

Belgiya Sog‘liqni saqlash vaziri Magi de Blokning bugun Tvitter orqali ma’lum qilishicha, 22 martda Bryusselda sodir etilgan portlashlar oqibatida o‘lganlar soni 35 nafarga yetgan. Portlash payti jarohat olganlardan to‘rt nafari kasalxonada olamdan o‘tgan. Portlashlar oqibatida jami 300dan ziyod kishi jarohat olgan.

"Islomiy davlat” guruhi ushbu hujumlar uchun mas’uliyatni zimmasiga oldi.

XS
SM
MD
LG