Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 13:30

Aholini aldab gazni qimmat pullagan mulozim sudlandi


Jizzax viloyatidagi “Do‘stliktumangaz” idorasi ombor mudiri Adham Mamatov aholini aldab, gazni qimmat narxda pullaganlik ayblovi bilan mahkamaga tortildi.

“Huquq” gazetasi yozishicha, Mamatov suyultirilgan gaz ballonlarining har biri uchun 2 mingdan 5 ming so‘mgacha ustama narx qo‘yib, so‘nggi uch yil davomida jami 12 million 66 ming so‘m pulni noqonuniy ravishda o‘zlashtirgan.

Mamatov bu pullarni Do‘stlik tumanidagi “Qahramon”, “Saritepa”, “Oltin vodiy”, “Bunyodkor” va “Navro‘z” mahallalarida yashovchi aholini aldab o‘zlashtirgan.

Nashr xabariga ko‘ra, Mamatov yetkazilgan moddiy zararni qoplagan. Biroq unga nisbatan qanday jazo qo‘llangani ochiqlanmagan

XS
SM
MD
LG