Линклар

Шошилинч хабар
25 апрел 2024, Тошкент вақти: 12:56

Palmiradagi tarixiy obidalarni tiklash uchun "besh yil kerak"


Suriyaning Tarixiy obidalarni himoya qilish davlat agentligi direktorining aytishicha, qadimiy Palmira shahrining “Islomiy davlat” jangarilari vayron qilgan obidalarini tiklash uchun besh yil vaqt kerak bo‘ladi.

28 mart kuni agentlik direktori Maamun Abdulkarim obidalarga etkazilgan zararni baholash uchun shaharga arxeologlar yo‘l olganini bildirdi. Kechagina Suriya hukumati kuchlari Rossiya havo hujumlari yordami bilan shaharni “Islomiy davlat” jangarilardan ozod qilgan edi.

AFP agentligining xabar berishicha, Abdulkarim “Agar YuNESKO roziligini olsak, “Islomiy davlat” zarar etkazgan yoki yo‘q qilgan obidalarni tiklashimiz uchun besh yil vaqt kerak bo‘ladi”, degan.

Palmirani 10 oy boshqargan “Islomiy davlat” o‘nlab shahar turg‘unini o‘ldirdi va 1800 yildan uzoq tarixga ega obidalarni, jumladan, mashhur Rim imperiyasi qurgan zafar arkasini vayron qildi.

“Палмирадаги тарихий обидаларни тиклаш учун беш йил керак”
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:01:07 0:00

Tarixiy obidalar qay darajada zarar ko‘rgani hozircha noma’lum. Shunday bo‘lsada, shahardagi tarixiy xarobalarning aksari omon qolgani aytilmoqda.

AFP bilan suhbatda Abdulkarim “umuman olganda, peyzaj yaxshi”, degan. Direktor rasmiylar aslida katta vayronagarchilikka guvoh bo‘lishdan qo‘rqishganini bildirdi.

The Associated Press agentligining xabar berishicha, Suriya armiyasi rasmiysi 28 mart kuni portlovchi moddalarni zararsizlantiruvchi bo‘lim Palmirani “Islomiy davlat” jangarilari qoldirgan bombalardan tozalayotganini aytgan.

Ismini oshkor qilishni istamagan rasmiy shaharning aksar qismida, jumladan, aholi yashovchi hamda tarixiy obidalar joylashgan tumanlarida portlovchi moddalar qoldirilganini bildirgan.

XS
SM
MD
LG