Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 18:20

Toshkentda Gagarin byusti o‘rnatiladi


Toshkentda odam birinchi marta koinotga parvoz qilganining 55 yilligini nishonlash doirasida Sovet Ittifoqi qahramoni, jahoning eng birinchi fazogiri Yuriy Gagaringa bronza byust o‘rnatiladi.

Byustni o‘rnatish tashabbusi Rosssotrudnichestvoning O‘zbekistondagi vakolatxonasi va “Madaniyatlar dialogi - Yagona dunyo” xalqaro hayriya tashkiloti tomonidan ko‘tarilgan. Byust Toshkent politexnika muzeyi binosiga 12 aprel kuni o‘rnatiladi.

Toshkentda bundan avval Sovet Ittifoqi davrini eslatuvchi bir qator haykallar, jumladan, Ikkinchi Jahon urushiga oid yodgorliklar buzib tashlangani yoki boshqa joylarga ko‘chirilgani xabar qilingan edi.

XS
SM
MD
LG