Линклар

logo-print

Rossiya sudi tomonidan 22 yilga qamalgan ukrainalik uchuvchi Nadejda Savchenkoning sog‘lig‘i barqarorlashdi, biroq u kuniga 500-600 gramdan ozib ketayapti. Bu haqda dushanba kuni uchuvchining advokati Nikolay Polozov ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, Savchenkoga nisbatan sud hukmi 5 apreldan kuchga kiradi. 6 apreldan boshlab Savchenko ochlikni yana davom ettiradi.Advokatlar Savchenkoni ochlik e’lon qilmaslikka ko‘ndira olmaganlarini aytmoqda. Nadejda Savchenko bundan avval ham qamoqda bir necha marta ochlik e’lon qilgan edi.

Ukrainadan o‘g‘irlanib Rossiyaga olib kelingan Nadejda Savchenkoga nisbatan hukm 22 mart kuni Rostov viloyati Donetsk sudida o‘qilgan edi. U Ukraina sharqidagi urushni yoritayotgan ikki rus jurnalisti o‘limiga aloqadorlikda ayblanmoqda. Advokatlar jurnalistlar o‘ldirilgan paytda Savchenko Rossiya qamog‘ida bo‘lgani to‘g‘risida dalil-isbotlar borligini aytib keladi, lekin sud bu dalillarni inobatga olgan emas.

Ukraina prezidenti Petro Poroshenko Savchenkoga nisbatan sudni “sharmandalik”, deb atagan va uchuvchini Ukraina sharqidagi urush jarayonida asirga olingan rossiyalik harbiylar Aleksandr Aleksandrov va Yevgeniy Yerofeevga almashtirishga tayyor ekanini bildirgan.

XS
SM
MD
LG