Линклар

Шошилинч хабар
18 апрел 2024, Тошкент вақти: 21:49

Karimov va Putin o‘zbek armiyasini modernizatsiyalash masalasini muhokama qiladi


O‘zbekiston prezidenti Islom Karimov Moskvada prezident Vladimir Putin bilan o‘zbek armiyasini zamonaviy qurollar bilan ta’minlash masalasini muhokama qiladi.

O‘zbekiston prezidentining Moskvaga safari 25-26 aprel kunlariga rejalashtirilgan

“Novosti” agentligi Rossiya moliya vazirining o‘rinbosari Sergey Strochakka tayangan holda, prezidentlar muzokaralar davomida o‘zbek armiyasini modernizatsiyalash masalasini ham muhokama qilishlarini bildirdi.

Prezident Vladimir Putin Islom Karimovni 2015 yil Ufada o‘tgan Shanxay hamkorlik tashkiloti sammiti paytida Moskvaga rasmiy safar bilan kelishga taklif qilgan edi.

XS
SM
MD
LG