Линклар

Шошилинч хабар
28 март 2024, Тошкент вақти: 15:32

Afg‘on kontrabandachilari garovga olgan tojiklar ozod etildi


Afg‘onistonlik kontrabandachilar tomonidan 25 mart kuni garovga olingan ikki tojikistonlik muzokaralar o‘tkazish yo‘li bilan ozod etildi. Bu haqda Markaziy Osiyo yangiliklar xizmatiga 28 mart kuni Tojikiston chegara xizmati rasmiysi Muhammadulug‘ Xojiev ma’lum qildi.

25 mart kuni tojik-afg‘on chegarasida kontrabandachilar bilan sodir bo‘lgan otishma paytida Tojikiston-Xitoy yo‘lini ta’mirlayotgan shirkat rahbarining haydovchisi yarador bo‘lgan edi. O‘shanda yo‘l qurilishida ishlayotgan ikki nafar tojikistonlik kontrabandachilar tomonidan garovga olingan.

Ayni paytda chegaraning mazkur qismi ikkita MI-8 vertoletlari bilan kuchaytirilgan tarzda qo‘riqlanayotgani xabar qilindi.

XS
SM
MD
LG