Линклар

Шошилинч хабар
19 апрел 2024, Тошкент вақти: 11:55

Ozarbayjonda huquq faoli Intigam Alievning qamoq muddati qisqartirildi


Ozarbayjon Oliy sudi taniqli huquq faoli Intigam Alievning qamoq muddatini yetti yarim yilga qisqartirdi.

Oliy sud 28 mart kuni bir yarim yil mobaynida qamoqda saqlangan Intigam Alievni shartli ravishda ozodlikdan mahrum qilish to‘g‘risida qaror chiqardi va avvalgi sud instansiyalarining hukmlarini bekor qildi.

53 yoshli faol 2014 yil avgustida soliqlarni yashirish va noqonuniy tadbirkorlik faoliyatida ayblanib hibs qilingan edi. Aliev o‘ziga bildirilgan ayblovni siyosiy buyurtma sifatida baholab kelgan. Xalqaro va mahalliy huquq faollari unga nisbatan jinoyat ishi soxtalashtirilganini aytib, Ozarbayjon hukumatini Alievni ozod qilishga chaqirib kelgan edi.

XS
SM
MD
LG