Линклар

Ukraina parlamentidagi uch yetakchi partiya bugun yangi koalitsiyani tashkil etadi va parlament spikeri Vladimir Groysmanni bosh vazirlikka nomzod sifatida ko‘rsatadi. Partiyalar bu borada kecha kelishib oldi.

Parlamentdagi yangi koalitsiya amaldagi bosh vazir Arseniy Yatsenyuk, prezident Petro Poroshenko va sobiq bosh vazir Yuliya Timoshenko mansub bo‘lgan partiyalardan tuziladi.

Partiyalarning yangi koalitsiya tashkil etish to‘g‘risidagi qarori Ukraina bosh vaziri atrofida yuzaga kelgan siyosiy kurash oyligi yakunlanganini anglatadi. Muxolif partiyalar Arseniy Yatsenyukni bosh vazir lavozimidan iste’fo berishi uchun kurashib kelayotgan edi.

XS
SM
MD
LG