Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 04:23

Qamoqdagi qirg‘iz muxolifatchisining O‘zbekiston MXXga aloqadorligi iddao qilindi


"Hokimiyatni kuch bilan egallashga harakat qilganlik"da ayblanayotgan muxolifatchilar.
"Hokimiyatni kuch bilan egallashga harakat qilganlik"da ayblanayotgan muxolifatchilar.

Qirg‘izistonning Jamoatchilik birinchi kanali 27 mart kuni O‘zbekiston maxsus xizmatlari bilan aloqada bo‘lganlikda gumonlangan muxolifat vakillari nomi ochiqlangan lavhani namoyish qildi. Lavhada iddao qilinishicha, qamoqqa olingan muxolifatchi Ernest Karibekov O‘zbekiston MXX ga aloqasi bo‘lgan Farxod Parpiev bilan uchrashib turgan.

Qirg‘iziston Milliy jamoatchilik birinchi telekanalida 27 mart kuni efirga uzatilgan 16 daqiqali dasturda hozirda Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi hibsxonasida saqlanayotgan muxolifatchi Ernest KaribekovningO‘zbekiston maxsus xizmatlariga aloqadorligi iddao qilingan.

- Ernest Karibekovning so‘nggi paytlarda Toshkentga tez-tez safar qilishi Qirg‘iziston maxsus xizmatlarida shubha uyg‘otdi. 2016 yilning15 martida Bishkekdagi “Ugolek” kafesida“Xalq qurultoyi” muholifat harakati yetakchisi Ernest Karibekovasli jalolobodlik bo‘lgan, keyinroq O‘zbekiston fuqaroligini olgan Farxod Parpiev bilan uchrashadi. Ma’lumotlarga qaraganda, Parpiev O‘zbekiston maxsus xizmatlari bilan yaqin aloqa qiladi. Parpiev,shuningdek, jinoyat olamida Salimboyvochcha nomi bilan tanilgan Salimboy Abduvalievning ishongan odamlaridan biri. Ma’lum bo‘lishicha, O‘zbekistonda jinoyat olami Milliy xavfsizlik xizmati nazoratida, - deyiladi Jamoatchilik kanalida namoyish etilgan lavhada.

HozirchaQirg‘iziston Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi Ernest Karibekovning O‘zbekiston maxsus xizmatlari bilan aloqasi borasida rasmiy izoh bermadi.

Qirg‘izistonda o‘tgan haftada muxolifat vakillarining hokimiyatni kuch bilan bosib olish to‘g‘risida yashirin muzokaralari ekani da’vo qilingan bir necha audio va videolar Internetda e’lon qilindi. Milliy xavfsizlik qo‘mitasi muxolifatchilarning suhbatlari qonun doirasida yozib olinganini aytib, muxolifat liderlari Bektur Asanov, Kubanichbek Kadirov va Ernest Karibekovni hibsga olgan. Yana bir muxolifatchi Dulat Turdunalievga qidiruv e’lon qilingan.

Taniqli jamoat arbobi To‘pchubek Turg‘unaliev muxolifat a’zolariningO‘zbekiston maxsus xizmatlari bilan aloqadorligi to‘g‘risidagi gumonlarni tuhmat sifatida baholadi.

- Muxolifatning O‘zbekiston maxsus xizmatlari bilan bog‘lanib,Qirg‘izistonga xiyonat qilayotganiga men ishonmayman. Bu quruq tuhmat. Hozir hukumat muxolifatni bira to‘la yo‘q qilishga harakat qilyapti. Bu ham to‘g‘ri emas. Cherchil "Muxolifat yo‘q bo‘lsa, uni o‘ylab topish kerak", degan. Muxolifatni boshqa davlat maxsus xizmatlari bilan birikib Qirg‘izistonga xiyonat qilayotganlikda ayblash aqlga sig‘magan narsadir, - dedi Turg‘unaliev.

Mustaqil tahlilchi Mars Sariev esa, muxolifatchilarga bildirilayotgan iddaolar faktlar bilan isbotlanishi kerak deb hisoblaydi:

- Islom Karimovga Qirg‘izistondagi vaziyatni izdan chiqarish, hokimiyatga boshqa odamlarni olib kelishdan hech qanday manfaat yo‘q. Chunki bu yerda vaziyat taranglashsa, O‘zbekistonga ham ta’siri tegadi. Mahsus xizmatlar, agenturalar yashirin ishlaydi. Biroq“maxsus xizmatlar shunday katta operatsiyaga qo‘l urgan”, degan iddao assosli faktlar bilan isbotlanishi kerak, -deydi Mars Sariev.

25 mart kuni Qirg‘iziston Milliy xavfsizlik qo‘mitasi “hokimiyatni kuch bilan bosib olishga harakat qilganlik” ayblovi bilan muxolifat liderlari Bektur Asanov, Kubanichbek Kadirov va Ernest Karibekovni hibsga olgan edi.

Muxolifatchilarning qo‘lga olinishiga 22 mart kuni go‘yoki muxolifat vakillari hokimiyatni kuch bilan bosib olish to‘g‘risida yashirin muzokaralar o‘tkazayotgan paytda yozib olingan audioning Internetda paydo bo‘lishi sabab bo‘lgan. 27 mart kuni ham boshqa muxolifatchilarga mansubligi iddao qilingan mana shunday audioyozuv Internetda paydo bo‘lgan.

XS
SM
MD
LG