Линклар

Шошилинч хабар
25 апрел 2024, Тошкент вақти: 21:50

OzodMikrofon: Hokimlikning "Ishonch telefoni" shikoyatchining pulini qoqib olyapti


Ozodlikka Buxoro viloyatidan bog‘langan va ismini sir saqlagan tinglovchilardan biri viloyat hokimligining "Ishonch telefoni"ga tusha olmayotganidan shikoyat qildi. Qizig‘i, javob berilmagan telefonga bog‘lanishga uringan tinglovchi 2 AQSh dollari miqdorida pulni natijasiz sarflaganidan norozi bo‘ldi.

Aslida bu kishining hokimiyatga aytmoqchi bo‘lgan shikoyati viloyat televideniesi asosiy ko‘rsatuvlarini rus tilida berishi hamda umumiy ovqatlanish muassasalarida mijozlarning huquqlari keng ko‘lamda buzilishiga mahalliy mutasaddilarning befaqrligi ustidan edi:

- Mahalliy televidenieda negadir e’lonlar va ko‘plab ko‘rsatuvlari rus tilida beriladi. Buning ustiga sifati juda yomon. Nega hanuzgacha davlat tilini hurmat qilishmaydi, bunga kim javobgar, deb shikoyat qilmoqchi edim. Aslida bundan ko‘ra jiddiy shikoyatlar ko‘p. Lekin, bular hech bo‘lmasa, shuni echib berarmikan, degandim. Bo‘lmasa, oshxonalarga borsangiz, yarim kilo go‘sht bilan yarim kilo baliq berdik, deydi. Biz bir safar taroziga qo‘ydirdik, 800 gramcha chiqdi. Keyin men arz qildim, chora ko‘rishmadi. Aslida hokimiyat shunaqa muammolarni hal qilib berishni eplarmikin hech bo‘lmasa?! - deydi ismini oshkor etmaslikni so‘ragan tinglovchi.

Quyida u kishi bilan suhbatni tinglang:

OzodMikrofon: Ҳокимликнинг "Ишонч телефон"и шикоятчининг пулини қоқиб оляпти
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:02:08 0:00
Бевосита линк

XS
SM
MD
LG