Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 15:15

Misrning EgyptAir shirkati uchog‘ini garovga olgan shaxs qo‘lga olindi


Misrning EgyptAir uchog‘ini garovga olgan shaxs qo‘lga olindi. 29 mart kuni ertalab bortida 81 yo‘lovchi bilan Iskandariya shahri aeroportidan Qohiraga parvoz qilayotgan uchoqni noma’lum shaxs garovga olib, Qibrisning Larnaki aeroportiga qo‘ndirgan edi. Garovga olingan uchoq bortidan dastlab aksar yo‘lovchilar qutqarildi. Uchoqda qolgan 3 nafar yo‘lovchi va 4 nafar ekipaj a’zosini qutqarish va garovga olgan shaxsni qo‘lga olish payti hech kimga ziyon etmagan.

Egypt Air aviashirkati Airbus A320 uchog‘ini garovga olgan shaxs belida hudkushlik kamari bilan o‘zini portlatib yuborish bilan po‘pisa qilayotganini bildirgan edi.

Shirkat vakillariga ko‘ra, uchoqni olib qochgan shaxs bilan muzokaralar natijasi o‘laroq dastlab aksari misrlik bo‘lgan yo‘lovchilar ozod etildi.

Мисрнинг EgyptAir ширкатига тегишли Airbus A320 йўловчи учоғи гаровга олинди
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:01:41 0:00

Garovga olingan uchoq ichida 3 nafar xorijlik yo‘lovchi va 4 nafar ekipaj a’zolari qolishgan edi.

Ularni garovdan ozod etish payti hech kimga ziyon yetmadi. Qibris maxsus kuchlari uchoqni garovga olgan shaxsni hech qanday qarshiliksiz qo‘lga olishgan.

Bag‘rida 81 yo‘lovchi bo‘lgan Airbus A320 uchog‘i 29 mart kuni ertalab Iskandariya shahridan Qohiraga parvoz qilayotgan edi.
Bag‘rida 81 yo‘lovchi bo‘lgan Airbus A320 uchog‘i 29 mart kuni ertalab Iskandariya shahridan Qohiraga parvoz qilayotgan edi.

Iskandariya-Qohira yo‘nalishida parvoz qilayotgan uchoq seshanba kuni ertalab osmonga ko‘tarilganidan yarim soat o‘tib garovga olingan edi.

Uchoqni garovga olish Qibris osmonida 29 mart kuni ertalab mahalliy vaqt bilan 8.30da ro‘y bergan.

Qurolli shaxs ekipaj a’zolaridan uchqochni Qibrisning Larnaki xalqaro aeroportiga qo‘ndirishni talab qilgan.

Uchoqni garovga olgan shaxs Iskandariya Universiteti professori Sayfiddin Mustafo ekani aytilmoqda.

Qibris prezidenti Nikos Anastasiadis uchoqni olib qochilishi terrorizm bilan bog‘liq emas, deya bayonot berdi.

Xabarlarga ko‘ra, garovga olgan shaxs Qibrisda yashovchi sobiq rafiqasi ekani aytilayotgan ayolga arabcha yozilgan xatni berib qo‘yishni talab etgan.

Larnaki, shuningdek, Qibris hukumatidan siyosiy boshpana so‘ragan va tarjimon bilan taminlashlarini talab etgan.

Hozirda Qibrisning Larnaki aeroporti vaqtincha yopilgan.

XS
SM
MD
LG