Линклар

2018 yilda o‘tkazilajak jahon chempionatining Osiyo saralash musobaqasi ikkinchi bosqichining so‘nggi uchrashuvida futbol bo‘yicha O‘zbekiston terma komandasi bahraynlik futbolchilarni 1:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi.

Toshkentdagi “Bunyodkor” stadionida o‘tkazilgan o‘yinda yagona golni Sardor Rashidov kiritdi.

21 ochko bilan N guruhida birinchilikni saqlab qolgan O‘zbekiston terma jamoasi shu tariqa saralash o‘yinlarining hal qiluvchi 3-bosqichiga yo‘llanma oldi. Bu bosqich uchun 12 aprel kuni qur’a tashlanadi.

XS
SM
MD
LG