Линклар

Tojikiston rasmiylari Dushanbedagi barcha masjidlarga kuzatuv kameralari o‘rnatadilar. Poytaxt meriyasi bayonotida bu choralar jamoat tartibi va dindorlar xavfsizligi ta’minlashga qaratilgani qayd etiladi.

Xavfsizlik jihozlarini masjid qavmi hisobidan o‘rnatish ko‘zda tutilgan.

AFP agentligining Tojikiston hukumatidagi anonim manbasiga ko‘ra, masjidga kamera o‘rnatishdan maqsad dindorlar kontingentini kuzatib borish va ular orasidan salafiylikka moyil kishilarni aniqlashdan iborat.

Tojikiston hukumati masjidlar ustidan qattiq nazorat o‘rnatgan, shu jumladan, masjidlarga imomlarni ham o‘zi tayinlab keladi. Din ishlari bo‘yicha davlat qo‘mitasi hatto Jum’a namozlaridagi va’z mavzularini ham belgilab beradi.

Masjidlarga xavfsizlik iddaosi bilan kuzatuv kameralari o‘rnatish amaliyoti avvalroq O‘zbekistonda ham kuzatilgan.

XS
SM
MD
LG