Линклар

logo-print

AQSh Davlat departamenti va Pentagon “terrorchi guruhlar xavfi kuchayib borayotgani tufayli” amerikalik diplomatlar va harbiylarning oilalariga Turkiya janubini tark etishni buyurdi.

Mazkur buyruq Adanadagi konsullik xodimlari, Injirlik, Izmir va Mug‘ladagi harbiylar va mulozimlarning oilalariga daxldor.

Pentagon matbuot kotibi Piter Kuk odamlarni chaqirib olishga konkret tahdid sabab bo‘lmaganini aytdi. Uning bildirishicha, Vashington shunchaki mazkur bo‘lgadagi o‘z fuqarolari xavfsizligini ta’minlash maqsadida “ehtiyot choralari”ni ko‘rmoqda.

Bundan tashqari, AQSh Davlat departamenti Turkiyaga sayohatga boradigan amerikaliklarni hujumlar xavfi kuchayganidan ogohlantirgan. 28 mart kuni Isroil rasmiylari o‘z fuqarolariga Turkiyani tark etishni va bu mamlakatga har qanday safardan tiyilishni tavsiya qilgandi.

XS
SM
MD
LG