Линклар

Шошилинч хабар
25 апрел 2024, Тошкент вақти: 11:38

Eron prezidenti xavfsizlik vajidan Avstriya safarini bekor qildi


Eron prezidenti Hasan Ruhoniy xavfsizlik vajidan Avstriya safarini noma’lum muddatga qoldirdi. Avstriya prezidenti Xaynts Fisher vakilining ma’lum qilishicha, Eron tomoni safar qoldirilishi sabablarini ochiqlamagan. Avstriya Ichki ishlar vazirligi vakillari Venada xavfsizlikka tahdid soladigan biror ishora yo‘qligini bildirgan.

Eron hukumati saytida Ruhoniyning 30-31 martga rejalangan safari “tomonlarning o‘zaro kelishuviga muvofiq” ko‘chirilganini aytilgan, biroq xavfsizlik masalasiga to‘xtalinmagan.

Venaga tashrif Eron va jahondagi qudratli davlatlar orasida 2015 yil iyulida yadroviy bitim imzolanganidan so‘ng Hasan Ruhoniyning Yevropaga qilajak ikkinchi rasmiy safari bo‘lishi kerak edi.

Yanvar oyida Eron prezidenti Italiya va Fransiyada bo‘lib, qator yirik kelishuvlar, shu jumladan, 118 ta Airbus samolyotini sotib olishni ko‘zda tutgan 24 milliard dollarlik shartnoma imzolagandi.

XS
SM
MD
LG