Линклар

Шошилинч хабар
26 апрел 2024, Тошкент вақти: 21:03

Pokiston: Lahordagi portlash ortidan 5 mingdan ziyod kishi hibsga olindi


Pokiston rasmiylari Lahordagi portlash ortidan 5 mingdan ziyod gumonlanuvchi qo‘lga olinganini bildirdilar. Yakshanba kuni Pasxa bayrami nishonlanayotgan Lahordagi Gulshani Iqbol bog‘ida sodir etilmish xudkush hujumda 70 dan ziyod odam halok bo‘lgandi.

Tergovchilar 216 nafar gumonlanuvchidan tashqari qo‘lga olingan shaxslarning barchasi ozod qilinganini aytmoqdalar.

Panjob viloyati rasmiysi Ra’no Sanoulloh 29 mart kuni gumonlanuvchilarni tutish amaliyoti politsiyaning terrorchilikka qarshi bo‘limi xodimlari va istihborat vakillari bilan birgalikda o‘tkazilganini, kelajakdagi amaliyotlarga armiya va boshqa harbiy kuchlar jalb qilinishi mumkinligini bildirdi.

27 mart kuni Lahordagi bog‘da sodir etilgan portlash uchun mas’uliyatni Tolibonga aloqador “Jamoatul-Ahror” guruhi o‘z zimmasiga olgan. Guruh a’zolari hujum nishoni Pasxani nishonlayotgan nasroniylar bo‘lganini bildirib, bundan buyon bu kabi hujumlarni ko‘paytirish bilan tahdid qilganlar.

Pokiston bosh vaziri Navoz Sharif 28 mart kuni xalqqa qilgan telemurojaatida hujumni uyushtirgan jangari guruh a’zolarini qo‘lga olish davom etajagini bildirgan.

XS
SM
MD
LG