Линклар

Qirg‘iziston Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi terror aksiyalariga hozirlik ko‘rgan guruhning muhtamal a’zolari qo‘lga olingani haqida xabar tarqatdi.

Qo‘mita xabarnomasida aksilterrorchilik tadbirlari chog‘ida yetti kishi ushlangani aytilsa-da, bu tadbirlar o‘tkazilgan vaqt va joy ko‘rsatilmagan.

Qirg‘iziston xavfsizlik kuchlari qo‘lga olinganlarni jihodga odam yollash, yollanganlarni Yaqin Sharqdagi jang maydonlariga yo‘llash uchun kanal tashkil qilish va Qirg‘izistonda teraktlar sodir etishga hozirlik ko‘rganlikda gumonlamoqda.

Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, Suriya va Iroqdagi islomiy guruhlar, shu jumladan, “Islomiy davlat” guruhi safiga qo‘shilish uchun Yaqin Sharqqa Qirg‘izistondan 500 ga yaqin fuqaro chiqib ketgan.

XS
SM
MD
LG