Линклар

Шошилинч хабар
23 апрел 2024, Тошкент вақти: 22:54

Nemsovning qizi “Jasoratli ayol” mukofotiga sazovor bo‘ldi


Moskvada o‘ldirib ketilgan muxolifatchi Boris Nemsovning qizi Janna dunyodagi boshqa 13 ayol qatorida AQSh Davlat kotibining “Jasoratli ayol” mukofotiga sazovor bo‘ldi. Mazkur mukofot AQSh Davlat kotibi Jon Kerri tomonidan Rossiya, Bangladesh, Beliz, Xitoy, Fransiya, Gvatemala, Iroq, Malayziya, Mavritaniya, Slovakiya, Sudan, Tanzaniya, Tailand va Yaman vakilalariga 29 mart kuni Vashingtonda topshirildi.

“Jasoratli ayol” xalqaro mukofoti 2007 yildan buyon taqdim etib kelinadi. U tinchlik, adolat, inson huquqlari va gender tengligi sohalarida favqulodda jasurlik va liderlik salohiyatini namoyon etolgan ayollarga beriladi.

Deutsche Welle muxbiri va Boris Nemsov nomidagi jamg‘arma asoschisi Janna Nemsova otasi 2015 yil fevralida Kreml yaqinida o‘ldirib ketilganidan so‘ng Rossiyani tark etgan. Otasining o‘limi bilan bog‘liq hodisa sinchiklab tekshirilishini talab qilishda davom etayotgan Janna Rossiya tergov qo‘mitasini bu ishning “to‘la ochilishidan manfaatdor emas”likda ayblab chiqqan.

XS
SM
MD
LG