Линклар

Шошилинч хабар
25 апрел 2024, Тошкент вақти: 00:48

Suriya va Iroqdagi janggohlarda qirg‘izistonlik 135 bola bor


Suriyadagi qozoq jihodchi bolalar haqidagi videodan olingan surat.
Suriyadagi qozoq jihodchi bolalar haqidagi videodan olingan surat.

Qirg‘izistonlik 135 nafarbola Suriya va Iroqning janglar ketayotgan hududlarida yashayotgani ma’lum qilindi. Bunday ma’lumot 28 mart kuni Qirg‘iziston parlamentining ijtimoiy masalalar, maorif, fan, madaniyat va salomatlikni saqlash qo‘mitasi yig‘inida tilga olindi.

Rasmiy ma’lumotlarga qaraganda, Suriya va Iroqdagijang maydonlarida qolayotgan 135 nafar boladan 85 nafari 10 yoshgacha, 25 bola 14 yoshgacha , 11 bola 16 yoshgacha, hamda 4 bola 18 yoshgacha bo‘lgan bolalardir.10-18 yoshgacha bo‘lgan o‘smirlarning 71 nafari qizlar, 65 nafari o‘g‘il bolalar. Ularni ota-onalari o‘zlari bilan birga Suriya va Iroqqa olib ketgan.

Shu sababli parlamentda terrorchilik va ekstremitslikka oid qonunlarga o‘zgartishlar kiritish taklif qilinmoqda. Yangi ishlab chiqilgan qonun loyihasida bunday jinoyatlar bo‘yicha fuqarolar 14 yoshdan boshlab javobgarlikka tortilishi belgilangan.

- Men kelajakni o‘ylab mana shunday o‘zgartish kiritishni taklif qilayapman. Masalan, o‘n nafar bola shu modda asosida jazolansa, bu boshqa minglab bolalarga ogohlantirish bo‘ladi. Ularning ongida “bunday yo‘llarga bormaslik kerak, bunday ishlardan uzoq yuraman”, degan tushuncha paydo bo‘ladi, - dedi qonun loyihasi muallifi Qiyanbek Satibaldiev.

Ayni paytda bolalarni 14 yoshdan boshlab jinoiy javobgarlikka tortishga qarshi bo‘layotganlar ham bor.Masalan, deputat Sadiq Sherniyaz jinoiy javobgarlikka 14 yoshdan boshlab jalb qilish insonparvarlik prinsiplariga zid ekanini aytdi.

U diniy bilimi to‘liq shakllanmagan, oq-qorani ajrata olmaydigan yoshdagi o‘smirni qamash uning kelajagiga bolta urish bilan barobar bo‘ladi, deb hisoblaydi.

- Menimcha qonunning bu bandi o‘tmaydi. Negaki 14 yoshga to‘ldi deb, biz bolalarni javobgarlikka torta boshlasak, unda biz yaxshi davlat bo‘lmaymiz. Shu sababli, qo‘mitamizning deyarli barcha a’zolari bunga qarshi bo‘lishdi, - dedi Sadiq Sherniyaz.

Ichki ishlar vazirligining 10-bosh boshqarmasi rahbari o‘rinbosari Raim Salimov hali dunyoqarashi to‘liq shakllanib ulgurmagan o‘smirlar bugungi kunda radikal kuchlarning asosiy mo‘ljali bo‘lib qoldi, deb hisoblaydi.

- O‘smirlarga ularning vaziyati o‘ta diqqat bilan tekshirilgachgina, chora ko‘rish kerak. “Bu urushga borib kelipti”, deb 15-20 yilga qamash to‘g‘ri bo‘lmaydi. Qamashning o‘rniga ularni bunday harakatlardan ogohlantirish ishlarini olib borish samaraliroq bo‘ladi, - deydi Raim Salimov.

U shuningdek, bugungi kunda kuch tizimlari va din boshqarmasi birgalashib olib borgan profilaktik ishlar ham o‘z natijasini berib, adashganlarning to‘lqini ozayayotganini qo‘shimcha qildi.

Aytish joizki, rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, Qirg‘izistondan Suriya va Iroqqa ketib, u yerdagi qurolli to‘qnashuvlarda ishtirok etayotganlar soni 500 kishidan oshgan.

XS
SM
MD
LG