Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 01:42

Hollandiyada o‘zbek jurnalisti Rizo Obid vafot etdi


Zamondosh sayti asoschisi, o‘zbekistonlik taniqli jurnalist Rizoxo‘ja Obidov og‘ir xastalikdan so‘ng Hollandiyaning Til shahridagi kasalxonada 30 martga o‘tar kechasi 58 yoshida olamdan o‘tdi.

Bu haqda Ozodlikka Zamondosh sayti muharriri Anvar Karimov ma’lum qildi.

- [Rizoxo‘ja aka] shu bugun kechasi o‘tib qoldilar. Gollandiya vaqti bilan soat 8 da bolnitsadan mayitlarini berishadi. Shunga harakat qilib, odam jo‘natdik. Men ham uchib ketayapman, hozir reys qidirayapman, - dedi ayni paytda Kievda bo‘lgan Anvar Karimov.

Uning aytishicha, Rizo Obid 3 oylik og‘ir xastalikdan so‘ng jon bergan.

- Birinchi tashxis bo‘yicha “kasal yo‘q” deb bergandi. Ikkinchi tashxis bo‘yicha “saraton” deb beruvdi. Uchinchi tashxis bo‘yicha aytolmaymanu, lekin kimyoviy-biologik ekspertiza qildirmoqchiydik. Hozir endi ikkinchi tashxis bo‘yicha “saratonning og‘ir shakli” bo‘lyapti, - dedi Anvar Karimov.

“Zamondosh”ning bosh muharriri musibat haqida Rizo Obidning oila a’zolariga xabar qilingani, ular ham chuqur iztirobda ekani, biroq jurnalistning mayitini O‘zbekistonga yo‘llash imkoni bo‘lmay qolishi ehtimoldan holi emasligi, shu sababli u Hollandiyada dafn etilishi mumkinligini aytdi.

Anvar Karimov Rizo Obid Hollandiyadan siyosiy boshpana olib yashagani bilan bu mamlakatda fuqarolik olmaganini, O‘zbekiston fuqaroligidan chiqmaganini ham qo‘shimcha qildi.

Rizo Obid taxallusi bilan ijod qilgan Rizoxo‘ja Obidov 1958 yil 1 yanvarida Namanganda tug‘ilgandi. Qator mahalliy va xalqaro nashrlar bilan hamkorlik qilib kelgan Rizo Obid 2005 yildagi Andijon voqealaridan so‘ng O‘zbekistonni tark etgan va Hollandiyadan boshpana olib yashayotgandi.

Ozodlikning Namangandagi sobiq muxbiri Nosir Zokir Rizo Obidning O‘zbekistondagi jurnalistik faoliyati haqida quyidagilarni gapirib berdi:

- 1991 yili Birlik xalq harakati ro‘yxatdan o‘tib, ish faoliyatini boshlab, gazeta chiqara boshlaganda Rizoxo‘ja bizning safimizga qo‘shilmagan bo‘lsa ham, gazeta chiqarishimizga yordam berib yurgandi. Orada yo‘q bo‘lib qolib, 5-6 yildan keyin qaytib keldi. Shu orada “Amerika ovozi”dan Jahongir Muhammad qo‘ng‘iroq qilib, “Nosir aka, bir muxbir topib bersangiz, birga ishlasak”, deb qoldi. Men Rizoxo‘jani taklif qildim. Rizo ular bilan bog‘lanib, bir yilcha juda yaxshi ishlab yurdi. Keyin “Amerika ovozi” bilan kelishmovchilik bo‘lib, uni bo‘shatib yuborishdi u erdan.

Andijon fojeasi bo‘lganda mening uyimga kelib, she’r o‘qidi hukumat siyosatiga to‘g‘ri kelmaydigan. Endi men muxbirman, uni [radioga] berdim. She’r efirda ketib bo‘lganidan keyin bir kun kelsam, uyga kelibdi. “Men Popga ketayapman, akam bilan uyda o‘tirib turinglar” deb ketib, qaytib kelsam, yo‘q. Bishkekdan qo‘ng‘iroq qilyapti: “Nosir aka, men tashqariga chiqib ketdim”, dedi. Keyin o‘sha she’r bo‘yicha ikkalamizning ustimizdan jinoiy ish qo‘zg‘aldi. Xabaringiz bor, 2005 yil men 6 oyga qamoqqa olinganimda o‘sha statya ham qo‘shildi. Lekin keyinchalik “sherigi tashqarida bo‘lgani uchun qoldirildi” deb, umuman mening bo‘ynimdan olib tashlandi bu ayblov, - deydi Nosir Zokir.

Bu orada Zamondosh sayti muharriri Anvar Karimov Rizoxo‘ja Obidov kasal bo‘lib qolgan paytda dunyodan o‘tib ketgudek bo‘lsa, katta-kichik barchadan uzr va rozilik so‘rab qo‘yishni unga vasiyat qilganini aytadi.

- Rizoxo‘ja Obidov nomlaridan - o‘zlarining vasiyatlari bo‘yicha - barcha insonlardan, agar ularni xafa qilgan bo‘lsak, yoki biror insonning ko‘ngli ranjigan bo‘lsa, uzr so‘raymiz, - dedi Anvar Karimov.

Joriy yil fevralida o‘zbekistonlik mustaqil jurnalist, uznews.net veb-sayti muassisi Galima Buxarbaeva zamondosh veb sayti ustidan sudga arz qilgani to‘g‘risida xabar tarqatdi. Buxarbaeva Rizo Obidovni o‘ziga hamda uning uznews.net saytiga qarshi informatsion kampaniya uyushtirishda ayblagan.

Ozodlik muxbiri bilan suhbatda Rizo Obid ba’zi masalalarga oydinlik kiritgan edi.

Илтимос кутинг
Киритиш (Embed)

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:03:31 0:00
Бевосита линк

.

XS
SM
MD
LG