Линклар

Шошилинч хабар
26 апрел 2024, Тошкент вақти: 06:14

Shavkat Mirziyoev “Bolalar” guruhi asoschisini hokim o‘rinbosari qilib tayinladi


Chapdan uchinchi Bahodir Po‘latov
Chapdan uchinchi Bahodir Po‘latov

Ozodlikka bugun ma’lum bo‘lishicha¸ 26 mart kuni O‘zbekiston Bosh vaziri Shavkat Mirziyoev Farg‘ona viloyat kengashining navbatdan tashqari sessiyasida Farg‘ona viloyati xokimining yangi o‘rinbosarini taqdim qilgan va Farg‘ona viloyat prokurori lavozimida ishlab kelgan Bahodir Po‘latov nomzodi sessiya ishtirokchilari tarafidan maqullangan.

Bundan oldin O‘zbekistonning Buxoro¸ Navoiy va Sirdaryo viloyatlariga ham yangi o‘rinbosarlar tayinlangan edi.

Farg‘ona viloyati hokimi yangi o‘rinbosari o‘zining tarjimai holi bilan boshqa yangi o‘rinbosarlardan farq qiladi.

O‘zbekiston Prezidenti joriy yil 24 fevralda imzolagan “Davlat boshqaruvi hududiy organlari tuzilmasini takomillashtirish to‘g‘risida”gi farmoni ortidan viloyat hokimlariga o‘rinbosar tayinlash jaraëni davom etmoqda.

Xokimlarga yangi o‘rinbosar tayinlash haqidagi prezident farmoni ularning joylardagi mutlaq hukmronligiga chek qo‘yishni ko‘zlagani aytiladi.

Farg‘ona vioyatiga tayinlangan yangi o‘rinbosar O‘zbekistonda 90- yillarda tanilgan “Bolalar” guruhi prodyuseri va solisti bo‘lgani bilan boshqa mulozimlardan farqlanadi.

“Bolalar” guruxi solisti Tohir Sodiqov Ozodlik muxbiri bilan suhbatlardan birida Bahodir Po‘latovni “Toshkentdagi birinchi di-jey” deb ta’riflagan edi:

- Agar mendan «Toshkentdagi birinchi di-jey kim?» deb so‘rashsa, qo‘rqmasdan Bahodir Po‘latov derdim. Sakkizinchi sinfdan boshlab u bilan boshqa maktablarga "gastrollarga" chiqardik. Musiqa qo‘yardik, bir tomondan Bahodir gapirib turadi, men kuylardim. Keyin Bahodir Po‘latov guruhga prodyuserlik qila boshlaydi. Bir necha yillar mobaynida “Yubileyniy” sport saroyida ketma-ket o‘tkazilgan anshlag kontsertlarning sababchisi — Bahodir Po‘latov. Birinchilardan bo‘lib konsertda dekoratsiya qurish, poezdning chiqib kelishi, ekran qo‘yish, butun shaharga afisha yopishtirish g‘oyalari Bahodirniki edi¸ deya eslagan edi Tohir Sodiqov shu kunlarda Farg‘ona viloyat hokimiga “bo‘ysunmas” o‘rinbosar qilib tayinlangan do‘sti haqida.

Farmonga aylangan prezident tanbehi

Xalq deputatlari Toshkent viloyati Kengashining 4 fevraldagi sessiyasida chiqish qilgan prezident Islom Karimov sobiq hokimni “oyog‘i erdan uzilib qolgan” va “bosar-tusarini bilmay qolgan” deya tanqid qilgan edi.

Bu tanqiddan 20 kun o‘tib “oyog‘i erdan uzilib qolgan” hokimlarni nazorat qilishini ko‘zda tutgan farmon chiqdi va “yangi o‘rinbosar” haqidagi farmonining ijrosi ustidan nazorat Bosh vazir Mirziyoev zimmasiga yuklatildi.

Farmonga ilova qilingan jadvalda bevosita hokimga bo‘ysunadigan beshta o‘rinbosar yoniga bitta bevosita bo‘ysunmaydigan hokim o‘rinbosari belgilangan.

Jadvalda beshta xokim o‘rinbosari hokimga maxsus ishorat bilan bog‘langan.

Yangi o‘rinbosar va uning kotibiyati aks etgan katakcha esa avtonom holatda bog‘liqlik ishoratisiz tasvirlangan.

Ozodlik bilan ismini aytmasdan suhbatlashgan O‘zbekiston qishloq va suv ho‘jaligi vazirligidagi mulozimga ko‘ra¸ viloyat hokimlariga “bo‘ysunmas” o‘rinbosar tayinlash O‘zbekiston prezidentidan chiqqan tashabbusdir.

XS
SM
MD
LG