Линклар

Шошилинч хабар
20 апрел 2024, Тошкент вақти: 13:29

Qoraqalpog‘istonlik ayol: Erim Turkmaniston qamog‘ida nom-nishonsiz yo‘qoldi...


Qoraqalpog‘istonning Ellikqal’a tumanida yashovchi ayol Turkmanistonda 18 yilga qamalgan eri taqdiri noma’lum bo‘lib qolayotgani, Ashxobod hukumati uning ahvoli, tirik yoki o‘lgani haqida ma’lumot bermay kelayotganini Ozodlikka aytdi.

Qoraqalpog‘istonning Ellikqal’a tumanida yashovchi 31 yoshli Jarqinay Ozodlik bilan suhbatda besh yil avval Turkmanistonda chegarani noqonuniy kesib o‘tganlikda ayblanib, 18 yilga qamalgan eri Serikboy Doshonovning qaerda ekani, o‘lik yoki tirik ekanini bilib berishni so‘rab bormagan joyi qolmaganini aytadi.

– Advokat ham yollab ko‘rdik, Toshkentda prezident apparatidagilardan ham yordam so‘radik, "yo‘q, Turkmaniston bilan hech narsani qilib bo‘lmadi”, deyishdi. “Maridagi bir o‘rmonga olib borib tashlagan, u yerdan o‘ligi chiqadi”, deyishyapti. Boray desak, qaerdaligini bilmasak. Turkmaniston bizga uni o‘lik ekanini ham, tirik ekanini ham qaerda ekanini ham aytmayapti, - deydi Jarqinay.

33 yoshli Serikboy Doshanov 2011 yilda O‘zbekiston-Turkmaniston chegarasida turkman chegarachilari tarafidan qo‘lga olingan.

Chegarani noqonuniy kesib o‘tish va kontrabanda ayblovlari bilan u 18 yilga qamalgan edi.

- Erim Turkmanistondan Qoraqalpog‘istonga benzin olib kelib sotar edi. Tirikchilik-da. 2011 yilda chegarada ushlandi. Turkmaniston chegarachilari uni ushlab, qamavorishdi. Surishtirib bilsak, 18 yil berivorishgan ekan. Oldiniga Maridagi qamoqda deyishdi. Turkmanistondagi tanishlarimiz yordami bilan uni qidirdik. U yerda yo‘q. ekan. "Ovadon Tepa" qamoqxonasida, deyishdi, u yerda ham yo‘q. Besh yil avval qamalgan erim nom-nishonsiz yo‘qoldi. Mayli jinoyat qilibdi, qamalibdi, lekin qaerdaligini oilasiga aytishlari kerakku, bizga u bilan ko‘rishish haqqi berilishi kerakku, o‘lgan bo‘lsa bu haqda bizga aytishsin, - deydi Jarqinay.

Жарқинай Дошанова билан суҳбат
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:00:59 0:00
Бевосита линк

Huquq himoyachilariga ko‘ra, Turkmanistonda mahbuslar ahvoli, tirik yoki o‘lgani haqida oila a’zolariga ma’lumot berilmasligi odatiy xoldir.

Xorazmdagi “Najot” inson huquqlarini himoya qilish tashkiloti rahbari Hayitboy Yoqubov Turkmanistonda qamalgan o‘nlab o‘zbek fuqarolarining yaqinlari ularning taqdiri haqida bilishmaydi.

-Turkmanistondan biron mahbus haqida ma’lumot olib bo‘lmaydi. Xalqaro qonunchilikka ko‘ra, o‘z aslida Turkmaniston hukumati shu qamalganlarning oila a’zolariga ular bilan ko‘rishishga ruxsat berishi kerak. Xalqaro tashkilotlar arlashib, Ashxobod hukumatiga bosim qilib bunga erishish kerak, - deydi Hayitboy Yoqubov.

Xalqaro tashkilotlar turkman qamoqxonalarini borib ko‘rish va mahbuslar haqida ma’lumot olish deyarli imkonsiz ekanini aytib kelishadi.

AQShdagi Crude Accountability inson huquqlari guruhi Turkmanistonda uzoq muddatga qamalgan mahbuslar taqdiri xususida xavotir bildirib, bir necha marta “Ularni tirik ko‘rsating” nomli kampaniya o‘tkazgan edi.

Tashkilot Turkmanistonda yopiq mahkamalar orqali uzoq muddatlarga qamalgan o‘nlab mahbuslar haqidagi ma’lumotlar oshkor etilishini talab qilib chiqqandi.

Lekin bu urinishlar shu paytgacha natija bermagan.

Dunyoning eng yopiq mamlakatlaridan biri bo‘lgan Turkmanistonda mahbuslar haqida ma’lumot olish imkonsiz. Huquq faollari Turkmanistonda nafaqat siyosiy mahbuslar, balki xorijlik tutqunlar haqida ham uning chet eldagi oila a’zolariga ma’lumot berilmasligi odatiy xol ekanini aytishadi.

XS
SM
MD
LG