Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 10:07

“Toshkentdagi tojik elchixonasi ustidan shikoyatimizni Dushanbega yetkazing!”


Toshkentdagi Tojikiston elchixonasi oldidagi navbat
Toshkentdagi Tojikiston elchixonasi oldidagi navbat

Tojikistonda qolgan otasini ko‘rishga borish uchun Toshkentdagi tojik elchixonasi oldida bir necha kundan beri navbat kutayotganlardan biri Ozodlikka quyidagi maktub bilan murojaat qildi.

“Assalomu alaykum, hurmatli Ozodlik radiosi. Men bugun Toshkentga Tojikiston elchixonasiga ishim tushib borgan edim. O‘zbekistondagi Tojikiston elchixonasida doimiy ro‘yxatda turadigan Tojikiston fuqarolari o‘z elchixonasidan norozilar.

O‘zbekiston Respublikasi fuqarolariga Tojikiston Respublikasidan qon-qarindoshi va do‘sti-birodarlaridan mehmondorchilikka chaqirilgan taklifnoma Tojikistondan kelgandan keyin siz u taklifnoma bilan Tojikiston elchixonasiga borasiz.

Bir oylik chiqish vizasi uchun elchixonaga 4$ to‘laysiz va ikki oy uchun 10$ to‘laysiz. Ikki oylik chiqish vizasi uchun 25 kun kutasiz. Agarda elchixona xodimlariga 10$ o‘rniga 50$ bersangiz bir kunda qilib beramiz¸ deyishadi. Tojikiston elchixonasi xodimlari davlat idorasini ota meros qilib olishgan odamlar.

Tojikiston elchixonasi atrofiga tong-sahar 2 dan navbatga turishadi. Elchixona xodimlarining ish vaqti boshlanishi 9:00 da deb yozilgan¸ lekin o‘z xohishlariga ko‘ra 10:30, xohlasa 11:30 da ish boshlaydi. 12:30 da tushlikka chiqishadi¸ xohlasa 14:30 da ish boshlaydi. Mas’uliyatsizlik bilan ish yuritadigan xodimlar ismi Dilovar va Bahodir. Bu so‘zlardan maqsadki¸ Tojikiston Respublikasi elchixonasi xodimlari o‘z fuqarolarini hurmat qilib¸ hurmatlarini joyga qo‘yishini so‘rayman va Tojikiston Respublikasiga mehmon bo‘lib boradigan fuqarolarning hurmatini joyiga qo‘yishini so‘rayman. Ozodlik radiosi muxbirlaridan iltimos¸ shu so‘zlarimni Tojikiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziriga yetkazsangiz. Men Toshkent viloyatida yashovchi fuqaro Zavurbek Muslimov.”

Zavurbekning Toshkentdagi Tojikiston elchixonasi oldida hukm suraëtgan vaziyat haqidagi hikoyasi¸ qolaversa¸ konsullik ichida amalga oshirilayotgan korrupsiya iddaolarini suhbat davomida tinglashingiz mumkin.

Тожик элчихонасидаги коррупция
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:03:35 0:00
Бевосита линк

XS
SM
MD
LG