Линклар

Шошилинч хабар
25 апрел 2024, Тошкент вақти: 11:30

Abror Muxtor Aliy: Aqidaga zid bo‘lmagan bayramlarni ulamolar rad qilmaydi!


"Islom va musulmonlar" eshittirishining avvalgi sonida O‘zbekistonda Navro‘z bayramining nishonlanishi va bunda diniy idoraning faol ishtiroki haqida gap borgan edi. Eshittirishni tayyorlash va so‘ngra diniy idora bayonotiga bildirilgan munosabatlar asnosida "Musulmon uchun ikki Hayitdan boshqa bayram yo‘qmi?" degan savol bot-bot ko‘tarildi. O‘zbekistonlik yosh tadqiqotchi Abror Muxtor Aliy bu va musulmonlarning integratsiyalashuviga oid boshqa savollarga javob berdi.

Navro‘z va boshqa bayramlar nishonlanishi borasida fikr bildiradigan musulmonlar orasida bu masalani bir sahih hadis matni bilan o‘ziga hal qilganlar ko‘pchilik.

Sahih hadislar sirasida quyidagi hadis Ibn Molikdan rivoyat kilinadi: "Rasululloh sav. Madinaga kelganlarida ularning ikki kuni bo‘lib, unda o‘yin-kulgi qilishardi. Shunda Rasululloh sav.: "Alloh azza va jalla bu ikki kuningizdan ko‘ra yaxshirog‘ini sizlarga badal qilib berdi. Bular Qurbon va ro‘za hayitlari", dedilar" (Abu Dovud rivoyati)

Bu ikki Hayitga qo‘shimcha Juma kunlari tilga olinadi.

Ammo, bayram - millat, din va davlatlatlaro munosabatlarda, ayniqsa, dunyoning turli davlatlariga yoyilib borayotgan o‘zbek musulmonlarining boshqa din va millat vakillari bilan o‘zaro munosabatlari, integratsiyalashuvidagi muhim ijtimoiy hodisalardan biriga aylanib bormoqda.

Bir dindayu turli mazhabda bo‘lgan yoki ahli kitoblar, ya’ni turli dinga ergashgan dindorlar bugun bir mahallada yashamoqda, bir idorada ishlamoqda. Farzandlarini bir maktabga yubormoqda.

Mohiyatan yaxshilik va xursandchilikka boshlovchi bayramlar esa bir-birini yaqinda tanigan turli qavm va jamoalar orasidagi ijobiy munosabatlarni o‘rnatuvchi asosiy omillardan biridir.

Zero, har bir davlatda hukumat miqyosidagi bayramlar bor, har bir millat nishonlaydigan milliy bayramlar bor. Bundan tashqari, kasbiy bayramlar yoki tarixiy voqealarga qaratilgan sanalar bor. O‘zbekiston misolida aytilsa, Mustaqillik bayrami, Bolalar kuni, O‘qituvchilar kuni, Matbuotchilar kuni yoki mavsumiy bo‘lgan Qovun sayli, Xalfana (Darveshona), Navro‘z bayramlari, bayram tadbiriga aylanib ketgan Universiada, Olimpiada, Kurash kabi sport tadbirlari va hokazo.

Xorijdagi o‘zbek musulmonlar esa o‘sha davlat xalqlarining qator diniy va diniy bo‘lmagan bayramlariga guvoh bo‘lmoqdalar. Bu tadbirlarni nishonlamaslikka qaror qilgan musulmonlar ham turli din va millat vakillari bilan o‘zaro aloqa o‘rnatarkan, ular qutlayotgan sanalarda ular bilan to‘g‘ri munosabatda bo‘lish, boshqacha aytilsa, integratsiyalashishiga to‘g‘ri kelmoqda.

Shu bois, biz bir-bir ahli ilmlarga mikrofon tutib, ayni dolzarb mavzuda fikrini olishga qaror qildik.

Navro‘z bayrami va bu bayram haqida O‘zbekiston musulmonlari idorasi tarqatgan juma ma’ruzasi idora raisi o‘rinbosari shayx Abdulaziz Mansur bilan suhbatimizga sabab bo‘lgan edi.

Bu galgi suhbatdoshni ham mamlakat ichkarisida izladik va yosh tadqiqotchi Abror Muxtor Aliy savollarimizga javob berdi.

U kishining bu boradagi yakuniy xulosalardan biriga ko‘ra, Islomda aqidaga zid bo‘lmagan bayramlarni zamona ulamolar rad qilmaydi.

Quyidagi suhbatda u kishining bu xulosaga keltirgan asoslari va umuman, bugungi zamonaviy dunyoda musulmonlarning o‘zaro va boshqa din, millat vakillari bilan munosabatlari haqidagi savollarmizga bergan javoblarini tinglashingiz mumkin:

Аброр Мухтор Алий билан Исломда икки Ҳайитдан бошқа байрамларга муносабат ҳақида суҳбат
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:33:28 0:00
Бевосита линк

Musulmonlarning Navro‘z va umuman, ikki Hayitdan boshqa bayramlarni nishonlashi mumkinki yoki yo‘qmi, musulmonlarning boshqa din va millat vakillari bilan aloqalarida ularning diniy, milliy, an’anaviy va davlat miqyosidagi bayramlariga qanday munosabatda bo‘lishi kerak, degan savollarga javob berishni istagan ahli ilm va tolibi ilmlarni suhbatga chorlaymiz!

Marhamat, bizga bog‘laning:

WhatsApp + 420 724 971 539, + 420 602 612 713

VIBER + 420 602 612 713

SKYPE ozodskype, ozodlikonline, ozodovoz

XS
SM
MD
LG