Линклар

Шошилинч хабар
26 апрел 2024, Тошкент вақти: 04:19

"Zamondosh" portali o‘z faoliyatini to‘xtatadi


O‘zbek tilidagi "Zamondosh" portali o‘z faoliyatini to‘xtatadi. Bu haqda portal jamoasi 30 mart kuni qaror qabul qildi.

“Biz barcha mushtariylar, hamkorlar, stringerlar va biz bilan 2007 yildan 2016 yilgacha bo‘lgan barchaga minnatdorchilik bildiramiz”, deyiladi portal nomidan tarqatilgan bildiruvda.

Portal jamoasi nashr faoliyati to‘xtatilishi sabablarini ochiqlamagan. Portalning yopilishi uning asoschisi o‘limi bilan bog‘liq bo‘lishi mumkinligi tahmin qilinmoqda.

30 mart kuni "Zamondosh" sayti asoschisi, o‘zbekistonlik taniqli jurnalist Rizoxo‘ja Obidov og‘ir xastalikdan so‘ng Hollandiyaning Til shahridagi kasalxonada 58 yoshida olamdan o‘tgani xabar qilingan edi.

XS
SM
MD
LG