Линклар

Шошилинч хабар
28 март 2024, Тошкент вақти: 15:59

YeXHT raisi O‘zbekiston hukumatini inson huquqlari vaziyatini yaxshilashga chaqirdi


Germaniya tashqi ishlar vaziri hamda Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining amaldagi raisi Frank Valter Shtaynmayer O‘zbekiston hukumatini “inson huquqlari vaziyatini yaxshilashga” chaqirdi. G‘arb agentliklarining bildirishicha, bu haqda u Toshkentda hukumat rasmiylari bilan uchrashuvi paytida gapirgan.

O‘zbekiston prezidenti chorshanba kuni Frank Valter Shtaynmayerni Toshkentda qabul qildi. O‘zAning bildirishicha, uchrashuv chog‘ida tomonlar O‘zbekiston-Germaniya siyosiy, iqtisodiy, madaniy va gumanitar aloqalarini rivojlantirish masalalarini muhokama qilgan.

Xabarlarda aytilishicha, so‘ngig 15 yil ichida Germaniya O‘zbekiston iqtisodiga 784 million dollar sarmoya yotqizgan. O‘zbekistonda Germaniya sarmoyadorlari ishtirokida 113 korxona faoliyat ko‘rsatmoqda.

Frank Valter Shtaynmayer 30 martdan Markaziy Osiyo safarini boshlagan edi. U Toshkent safarini yakunlagach, Qirg‘iziston va Tojikistonga safar qiladi.

XS
SM
MD
LG