Линклар

Pokiston bosh vaziri Navoz Sharif Lahordagi xudkush hujum oqibatida 72 odam halok bo‘lgani munosabati bilan AQShga qiladigan safarini qoldirdi.

Oq uy Navoz Sharif 30 mart kuni yadroviy xavfsizlik bo‘yicha sammitda ishtirok etishini bildirgan edi. Prezident Obama Navoz Sharifning bu qarorini tushunish bilan qabul olganini bildirdi.

27 mart kuni Lahor shahrida nasroniylar Pasxa bayramini nishonlayotgan bog‘da xudkush o‘zini portlatishi ortidan 72 odam, jumladan, 29 yosh bola halok bo‘ldi. Hudkush hujumda 280 odam yaralangan.

XS
SM
MD
LG