Линклар

Шошилинч хабар
16 апрел 2024, Тошкент вақти: 17:22

AQSh Yevropadagi harbiylari sonini yana ko‘paytiradi


AQSh harbiy qo‘mondonligi keyingi yil boshlarida “agressiv Rossiya”dan himoya vositalarini ko‘paytirish maqsadida Sharqiy Yevropaga qo‘shimcha 4 mingdan ko‘proq askar joylashtirilishini bildirdi.

30 mart kuni AQShning Yevropadagi qo‘shinlari qo‘mondoni Filipp Bredlov 2017 yil fevralida NATO davlatlarida tank brigadasi kiritilishini aytdi. Unga ko‘ra, Yevropaga kiritiladigan harbiylar soni 4200-4700 nafarni tashkil qiladi.

Avvalroq AQSh mudofaa vaziri Esh Karter Yevropadagi harbiy ehtiyojlar uchun 3 milliard 400 ming dollar mablag‘ sarflanishini bildirgan edi.

NATO davlatlari Rossiya Qrimni anneksiya qilgani va Ukrainadagi rossiyaparast ayrimachilarni qo‘llab-quvvatlayotgani ortidan Rossiyadan himoya vositalarini ko‘paytirishga harakat qilib kelmoqda. Ayni paytda Yevropada AQShning 62 ming harbiysi bor.

XS
SM
MD
LG