Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 02:39

Duma enagalar tanlovi va faoliyatini kuchli nazoratga olishni so‘ramoqda


Rossiya Davlat Dumasi qoshidagi Oila¸ xotin-qizlar va bolalar masalalari bo‘yicha qo‘mitasi rahbari Olga Yepifanova hukumatdan xususiy xizmatchilar yollash bilan shug‘ullanuvchi agentliklar faoliyatini huquqiy jihatdan tartibga solish vaziyati haqida hisob berishni so‘radi.

Deputatning bunday so‘roviga o‘zbekistonlik enaga Gulchehra Boboqulova amalga oshirgan dahshatli qotillikdan so‘ng rossiyaliklar yo‘llagan shikoyat murojaatlari asos bo‘lgan.

Duma qo‘mitasi rahbari voyaga yetmaganlar¸ xususan¸ emizikli bolalarga qarovchi enagalarning qanday tanlanishi¸ ular faoliyatining qanday nazorat qilinishi haqida hukumatning tegishli idoralaridan hisobot talab qilmoqda.

Duma deputatlari bolaga qarash bilan faqat ruhiy jihatdan sog‘lom odamlar shug‘ullanishi lozimligini ta’kidlayotgan bir paytda¸ bunday salomatlikni qanday aniqlash masalasi hozircha huquqiy va amaliy jihatdan mavhumligicha qolmoqda.

Fevral oxirida O‘zbekistonlik enaganing o‘z qaramog‘idagi to‘rt yashar kasal qizchani o‘ldirib¸ boshini tanasidan judo qilgani Rossiyada katta shov-shuv va noroziliklarga sabab bo‘ldi.

Hozirda Boboqulova "Butirka" hibsxonasining ruhiy kasalliklar bo‘limida saqlanmoqda.

XS
SM
MD
LG