Линклар

logo-print

Rossiya huquq tizimlarining mahalliy matbuotga bildirishicha¸ Moskvada “Islomiy davlat” terror guruhiga aloqadorlikda gumonlanib 20 ga yaqin odam qo‘lga olingan va ularning ko‘pchiligi o‘zbekistonliklardir.

Rossiya matbuotiga ko‘ra¸ Federal xavfsizlik xizmatining politsiya bilan birgalikda o‘tkazgan amaliyotlari davomida 20 ga yaqin odam hibsga olindi va ular dastlabki taxminlarga ko‘ra¸ IShIDga yangi odam qidirish va ëllash bilan shug‘ullanganlar.

Aytilishicha¸ maxsus amaliyotlar Moskvadagi bir qator manzilda¸ xususan¸ Simonovskiy valdagi xususiy kvartiralardan birida o‘tkazilgan. Hibsga olinganlarning telefon va kompyuterlari musodara qilingan¸ ular yonidan turli davlatlar¸ xususan¸ Turkiya pasportlari topilgan. Rossiya huquq tizimlariga ko‘ra¸ bu pasportlar soxta va ular IShIDga yollanganlarning Rossiya hududidan ortiqcha tekshiruvsiz chiqib ketishini ta’minlash maqsadida hozirlangan.

XS
SM
MD
LG