Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 06:23

Karimov Putin bilan xavfsizlik va savdo aloqalarini muhokama qiladi


O‘zbekiston prezidenti Islom Karimovning 25-26 aprel kunlari Moskvaga qiladigan rasmiy safari davomida asosan Afg‘onistondagi vaziyat munosabati bilan mintaqada yuzaga kelgan xavfsizlik muammolari¸ shuningdek Rossiya-O‘zbekiston o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy munosabatlar muhokama qilinadi.

Interfaks agentligining Kremldagi manbasiga tayanib yozishicha¸ Afg‘oniston shimolidagi vaziyatning ëmonlashib borayotgani bu masalani o‘zaro muhokamaga qo‘yishni taqozo qilmoqda.

Ayni paytda¸ Yevropa va Turkiyadan qishloq xo‘jalik mahsulotlari sotib olishga Rossiya kiritgan sanksiyalar ortidan o‘zbek meva-sabzavotlari eksportini ko‘paytirish ham Putin va Karimov muzokaralarida tilga olinadigan asosiy mavzu qilib belgilangan.

XS
SM
MD
LG