Линклар

Шошилинч хабар
17 апрел 2024, Тошкент вақти: 00:29

Poroshenko G‘arbni Rossiyaga nisbatan sanksiyalarni kuchda qoldirishga chaqirdi


Ukraina prezidenti Petro Poroshenko o‘z mamlakati xavfsizligini ta’minlash uchun G‘arb Rossiyaga nisbatan joriy qilgan sanksiyalarni bekor qilmaslikka chaqirdi.`

Vashingtondagi xalqaro xavfsizlik tadbirida Poroshenko Ukraina sharqida tinchlik o‘rnatilib¸ Qrim Ukrainaga qaytarilmaguncha¸ sanksiyalar kuchda qolishi lozimligini ta’kidladi.

Poroshenkoga ko‘ra¸ 2014 yil aprelidan beri Ukraina sharqida rossiyaparast separatchilar va ukrain armiyasi o‘rtasida boraëtgan janglar oqibatida 10 mingga yaqin odam o‘lgan va ulardan 2700 dan ko‘prog‘i ukrain askarlaridir.

Ayni shu vaqt davomida bir million 800 mingga yaqin odam Donetsk va Luganskdagi uy-joyini tashlab ketishga majbur bo‘lgan.

Poroshenko Vashingtondagi chiqishida xalqaro hamjamiyatning Ukrainaga jangovar qurol-yarog‘ berishni istamaëtgani xususida taajjub bildirdi.

AQSh prezidenti Obama mezbonlik qilayotgan Yadroviy xavfsizlik sammitida qatnashayotgan Poroshenko bugun vitse-prezident Jo Bayden bilan uchrashadi.

XS
SM
MD
LG