Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 06:45

Qozog‘iston-YeI hamkorlik kelishuvi 1 maydan kuchga kiradi


Yevropa Ittifoqi va Qozog‘iston o‘rtasida o‘tgan yil dekabrda erishilgan hamkorlik shartnomasi shu yilning 1 mayidan kuchga kiradi.

Bu haqda Bryusselda Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboev bilan uchrashuvdan so‘ng ittifoq prezidenti Donald Tusk bayonot berdi.

Yevropa Ittifoqi rahbarlari bilan uchrashuvlar davomida Nazarboev ittifoqni Qozog‘istonning eng katta savdo sherigi va o‘ta muhim iqtisodiy hamkori deb atadi.

Nazarboev bilan uchrashuvda Qozog‘istondagi qonun ustivorligi vaziyati ham tilga olinganini bildirgan Yevropa Komissiyasi prezidenti Jan-Klod Yunker¸ ayni paytda Ostona hukumatining ushbu yo‘nalishda “istiqbolli islohotlar amalga oshirayotganini olqishladi”.

XS
SM
MD
LG