Линклар

Шошилинч хабар
19 апрел 2024, Тошкент вақти: 05:35

Toshkent andijonlikning maqomini o‘shliknikiga tenglashtirdi


Joy tor bo‘lgani uchun sarlavhani qisqa yozdik. Uning (sarlavhaning) to‘liq varianti budir: O‘zbekiston hukumati Toshkent shahri va Toshkent viloyatiga keladigan andijonlik, farg‘onalik, namanganlik, jizzaxlik, sirdaryolik, samarqandlik, qashqadaryolik, surxondaryolik, navoiylik, buxorolik, xorazmlik va qoraqalpog‘istonliklarning maqomini qirg‘izistonliklarning maqomiga tenglashtirdi.

Haftada 5 kun, ta’til-ma’til chiqarib yuborilsa, yilda 45-50 hafta matn yozaversang, esingdan chiqib qolar ekan, nimani yozib, nimani indamay o‘tib ketganing.

Qirg‘izistonlik, masalan, o‘shlik o‘zbek Toshkentda yashaydigan qarindoshinikiga borsa, uning uyida yotib qolishi mumkinmasligi to‘g‘risida yozganmanmi-yo‘qmi – ertalabdan beri saytimizni titib topolmadim.

Yozgandaymanu lekin topolmayapman.

Yo yozmaganmikanmana?

Izlay-izlay Mehribonning maqolasini topib oldim. Mana u. Ishorani bosishga eringanlarga Mehribonning maqolasidan bittagina ko‘chirma:

Xorijlik (qirg‘izistonlik, deb o‘qing) Toshkentdagi qarindoshining uyida tunab qolishi mumkin emas, u Toshkentdagi faqat chet elliklarni qabul qilish huquqiga ega mehmonxonada yashashi lozim.

Endi bu cheklovni Toshkent shahri va Toshkent viloyatiga keladigan andijonlik, farg‘onalik, namanganlik, jizzaxlik, sirdaryolik, samarqandlik, qashqadaryolik, surxondaryolik, navoiylik, buxorolik, xorazmlik va qoraqalpog‘istonliklar uchun 1 apreldan keyin kuchga kiradigan cheklovlarga qiyoslang.

Mehribonning kechagi maqolasidan ham bittagina uzindi:

Toshkentga 5 kundan ortiq muddatga mehmonga kelgan odamdan militsiya bo‘limida hisobga turish uchun qarindoshi yoki tanishining uyida yashash uchun tuzilgan ijara shartnomasi talab qilinadi. <...> Respublika OVIR bo‘limi rasmiysi viloyatdan Toshkentga kelganlarni mehmonxonada turishlarini tavsiya qildi.

Toshkentga boradigan andijonlik, farg‘onalik, namanganlik, jizzaxlik, sirdaryolik, samarqandlik, qashqadaryolik, surxondaryolik, navoiylik, buxorolik, xorazmlik va qoraqalpog‘istonlikning maqomi qirg‘izistonlikning maqomiga tenglashib qolganini ilg‘adingizmi?

Mutlaqo tenglashmabdi, deyarli tenglashibdi, deysizmi?

To‘g‘ri aytasiz. Deyarli tenglashdi.

Yaqin kelajakda “deyarli” so‘zi yo‘qolib qolishini so‘rab, duo qiling.

***

Ha, aytgancha, erinmasangiz, mana bu matnni ham o‘qing. Shu matn ostida mana bu sharh chop etilgan ekan:

muallif: uzbek qaerdan: shu olam

01.12.2015 17:35

Bu ketishda andijonliklar toshkentga xam viza bilan kirsa kerak. eng kizigi uzbek uz poytaxtida bemalol yura olmaydi nima toshkenlik odam kolgan viloyatlilar oydan tushganmi !.Men masalan rossiyada toshkentga karaganda juda xam ERKIN yuribman sababi bu erda INSON kadri pista puchogi emas!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!

XS
SM
MD
LG