Линклар

“Pulni savdogarlar o‘z uyiga shiftgacha qilib bosib qo‘ygan”, dedi g‘allaorollik tinib-tinchimas oqsoqol, 78 yashar Nabijon Jo‘raboev. Tinib-tinchimasligi, tinmay haqiqat izlagani uchun tuhmatga uchrab qamalib, bundan ikki yil oldin ozodlikka chiqqan Nabijon aka kuni kecha OzodNazar bilan bog‘lanib OzodlikOnlinening so‘nggi sonida muhokama qilingan mavzu yuzasidan o‘z fikrlarini bildirmoqchi bo‘ldi.

Nabijon Jo‘raboev iqtisodiyot sohasida mutaxassis emas. Lekin u kishining boy hayotiy tajribasi bor. Shunday bo‘lsada, oqsoqolning bugun tilga olgani mavzudagi gaplari avvaliga diletantona ko‘rinishi mumkin. Biroq monologini oxirigacha eshitsangiz, u kishining aytganlarida bir qator mantiqli nuqtalar mavjudligini ilg‘aysiz.

Nabijon Jo‘raboevning aytganlarini O‘zbekiston hukumati eshitadimi-yo‘qmi, eshitsa ahvolni o‘nglash, hech yo‘q, biroz o‘nglash uchun chora ko‘radimi-yo‘qmi – bu boshqa, oddiy o‘zbekistonliklar irodasidan tashqaridagi masala.

Siz tinglovchi esa, Nabijon akaning aytganlarini o‘zingiz yashayotgan shahar yoki qishloqdagi vaziyatga qiyoslang. Balki o‘xshashliklar toparsiz, muhimi, oqsoqol tilga olgan muammo yuzasidan bir fikrga kelarsiz...

XS
SM
MD
LG